Toshkent shahri Yashnobod tumanida Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Haydovchi mast edi. Mashina do‘kon devori oldida o‘tirgan erkakni bosib ketgan.
Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘ldi.
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi, jumladan, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi. Ikki qurbonning jasadi topilgan, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda.
Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.
Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.
Buloqboshi tumanidagi konda 46 yoshli erkakning ustiga tosh yumalab, bosib qoldi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.
Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida 58 yoshli erkak yo‘lda ketayotgan notanish shaxsga pichoq bilan jarohat yetkazdi. PPX xodimlariga ham qarshilik qilgan shaxs rezina tayoq yordamida zararsizlantirildi. Jarohatlangan erkak kasalxonaga yotqizilgan.
Samarqand shahrida otasining mashinasini haydab ketayotgan 16 yoshli o‘smir tezlikni oshirib, yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga 1,5 yoshli bolasi bilan o‘zini tashlagan ayolni PPX xodimlari qutqarib qoldi. Ushbu harakatga “og‘ir hayotiy vaziyat” sabab bo‘lgan. 20 yoshli ayol ishidan afsusdaligi va ularni qutqarganlardan minnatdor ekanini aytdi. Bola vaqtincha mehribonlik uyiga topshirildi.
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 2022 yilda 81 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Shulardan 28 tasida o‘lim holati qayd etildi. Hodisalar 60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan bog‘liq, deya izoh berildi.
2021−2022 yillar davomida liftlarda 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Hozirda mavjud liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.
30 avgustda piyoda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avgust boshida Toshkentda Spark avtomobili salonidan qariyb 16 ming qalbaki dollar topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro vafot etdi. Sudga oid tibbiy ekspertiza uning o‘limiga bir qancha surunkali kasalliklar sabab bo‘lganini qayd etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Jizzax viloyatida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentda fuqaro yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘rilab ketganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.
Toshkentning Mirobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi. Natijada avtomobil yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting